Zinhor, bitta so'z dema, yuzimga boqma, zinhor.
Ovozingni eshitgan bo'lar, senga ko'z qo'ygan bo'lar.
Dushmanimdir seni kim jonga yaqin deb bilsa.
Onang erkalasa ham mening bag'rim qon to'lar.
Tilarmanki tangridan; senga ochiq quchoqlar
Bir bor ham yopilmasdan qora tuproqqa to'lsin.
Qon tupursin otingni mensiz eslar lablar,
Senga mening ko'zimdek boqqan ko'zlar ko'r bo'lsin.