current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Alo, ona! lyrics
Alo, ona! lyrics
turnover time:2024-05-15 03:32:32
Alo, ona! lyrics

Sog'inch yomon, qo'ymas omon,

Borolmayman ishdan ortip.

Erta debon, indin debon,

Vaqt umrimiz olar tortib.

Yuragingiz oxi menman,

Ko'nglingizning dogi menman,

Kunduzingiz qaro qilgan,

Sochingizning oqi menman.

Alo ona, onajonim,

Sog'inchingiz o'tti jondan,

Lek bormoqqa yo'q imkonim.

Kuyunmang men notavondan.

Alo ona, jonim onam

Yuripman, tog' deya qirni.

Alo ona, jonim onam

Kechiring men bemehrni!

Parvonaman sal yilt etib,

Qaylardadir nur porlasa,

Borgaydirman darrov yetib,

Olislarda yor chorlasa.

Siz ko'nasiz shu borimga

Quvonchingiz arittim men.

Mushtoq aylap diydorimga,

Ona sizni qarittim men.

Alo ona, onajonim

Sog'inchingiz o'tti jondan.

Lek bormoqqa yo'q imkonim,

Kuyinmang men notavondan.

Alo ona, jonim onam

Yuripman tog' deya qirni.

Alo ona, jonim onam

Kechiring men bemehrni.

Alo ona, onajonim

Sog'inchingiz o'tti jondan.

Lek bormoqqa yo'q imkonim,

Kuyinmang men notavondan.

Alo ona, jonim onam

Yuripman tog' deya qirni.

Alo ona, jonim onam

Kechiring!

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Ozodbek Nazarbekov
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Kazakh
  • Genre:Folk
Ozodbek Nazarbekov
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved