current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Sog'inar lyrics
Sog'inar lyrics
turnover time:2025-05-13 11:21:02
Sog'inar lyrics

«Men dilimni ochmog‘imdir shart,

Mo‘jizalar kaliti – inson,

Ishqim qo‘shiq, armonim qo‘shiq,

Xonishimdan yashnasin jahon.

Ko‘nglim to‘kay, sirlarim sochay,

Kaftda tutay sizga yuragim.

Men boshqacha yasholmayman, yo‘q,

Kuylash – mening yolg‘iz tilagim.»**

Tunu kunim uzun,

Yuragim ham mahzun,

Nega dil sog‘inchdan qiynalar?

Hayotim sen uchun,

Seni deya har kun yasharman orzuda.

Yulduzlar, yulduzlar

Tinmasdan menga boqar.

Yuragim sog‘inchdan yonar.

Bu orzuli kunlar,

Bu sog‘inchli tunlar

Yulduzlar meni ovutar, ovutar.

Bu hijronli tunlar,

Bu sog‘inchli kunlar

Tinmasdan seni sog‘inar,

Sog‘inar, sog‘inar, sog‘inar...

Ko‘zlarim yo‘lingda,

Baxtim ham qo‘lingda,

Asraganim sensan qalbimda.

Baxtimsan betakror,

Shunga bo‘ldim iqror,

Seni bu vujudimdan sevaman.

Har kun, har kun seni sog‘inar dil,

Har kun, har kun mening yonimda bo‘l.

Har zum meni sog‘inchli xayollar

Qiynaydi tinmay.

Har kun, har kun termulib osmonga,

Har kun, har kun borsan yuragimda,

Har zum qalbim ismingni takrorlar.

Yulduzlar, yulduzlar

Tinmasdan menga boqar,

Yuragim sog‘inchdan yonar.

Bu orzuli kunlar,

Bu sog‘inchli tunlar

Yulduzlar meni ovutar, ovutar.

Bu hijronli tunlar,

Bu sog‘inchli kunlar

Tinmasdan seni sog‘inar,

Sog‘inar, sog‘inar, sog‘inar...

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Shahzoda (Uzbekistan)
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English, Tajik+3 more, Kazakh, Turkish, French
  • Genre:Pop
  • Official site:Http://Shahzoda.uz
  • Wiki:http://en.wikipedia.org/wiki/Shahzoda
Shahzoda (Uzbekistan)
Latest update
Copyright 2023-2025 - www.lyricf.com All Rights Reserved