current location : Lyricf.com
/
/
Ozarboyjon Go'zali lyrics
Ozarboyjon Go'zali lyrics
turnover time:2024-06-02 14:15:00
Ozarboyjon Go'zali lyrics

Bedor tunlar qo'limda Fuzulining g'azali,

O'g'riladi xayolim Ozarboyjon go'zali.

O'rin olib tushimdan, ayirib meni hushimdan,

Axtarib borishimdan o'zga chora yo'q (2)

Oh mazali mazali, so'zlari bol mazali,

O'g'riladi xayolim Ozarboyjon go'zali.

Maza maza mazali so'zlari bol mazali,

Go'zali ey go'zali Ozarboyjon go'zali.

Do'ppi kiyib Bokuga otlar minib boraymi?

Odatimizga ko'ra o'tin yorib beraymi?

Arshinmolchi Bobodan duo olib qaytamiz,

Sevgini kuyga solib to'yimizda aytamiz.(2)

Oh mazali mazali, so'zlari bol mazali,

O'g'riladi xayolim Ozarboyjon go'zali.

Maza maza mazali so'zlari bol mazali,

Go'zali ey go'zali Ozarboyjon go'zali.

Dugona bo'lar sizga O'zbegimning go'zali,

Atlas kiyib yurasiz Ozarboyjon go'zali.

Bo'yingizga yarashar O'zbek yigit bo'ylari,

Shu bahona fayz olar Alisherning kuylari. (2)

Oh mazali mazali, so'zlari bol mazali,

O'g'riladi xayolim Ozarboyjon go'zali.

Maza maza mazali so'zlari bol mazali,

Go'zali ey go'zali Ozarboyjon go'zali.

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Alisher Fayz
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek
Alisher Fayz
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved