current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Lights [Uzbek translation]
Lights [Uzbek translation]
turnover time:2024-04-28 07:51:31
Lights [Uzbek translation]

Yakshanba, hech qaysi qo'ng'iroq va xabarlarga javob berolmaymandigan kunim

Mening umuman kayfiyatim yo'q

Garchi bu tez-tez ro'y bermasa-da, men bundan charchadim

Men o'zimni hozir bir oz ojiz his qilyapman

Lekin men xali ham kimnidir qutqara olishimni his qilyapman

Men ovozingizni eshityapman

Va bu shovqinda vaqt to'xtayapti

Biz ovoz bilan bog'langanmiz.

Ko'zimni yumganimda

Qorong'uda sening nuring porlaydi

Yo'limni yoritib turib

Biz qo'rqmasdan oldinga yurishimiz mumkin, sen va men

Sen mening nurimsan, sen mening nurimsan

Doim porlaydigan nurimsan

Sen mening yuragimdasan

Sen mening nurimsan, sen mening nurimsan

Bir-birimizdan qanchalik uzoq bo'lishimiz muhim emas

Sening nuring meni yoritadi

Barcha farishtalar, og'riqni his qilgan

Yaralangan qanotlari bilan tunda uchib ketishadi

Har safar sevgi haqida o'ylaganimda

Har safar sevgi haqida o'ylaganimda

Men oddiy sho'x qo'shiqlarni tinglashni xohlamayman

Men o'zimning yolg'izligim bilan yuzma-yuz duch keldim, hayotimni ranglantirdim

Men yo'qotaman va yutaman, lekin men bugun ham nimadir qidirmoqdaman

Ha, hamma narsa o'zgarishiga ishonaman

Hech kim mukammal emas

Hatto bu lahza ham muhimdir

Va biz ovoz bilan bog'langanmiz

Sen ko'zingizni yumganingda

Qorong'uda mening nurim porlaydi

Senga yo'l yoritib turib

Shunday qilib, kel, oldinga birga yuramiz, qo'rquvni bilmasdan, sen va men

Men sening nuringman, men sening nuringman

Doim porlaydigan nuringman

Men sening yuragingdaman

Men sening nuringman, men sening nuringman

Bir-birimizdan qanchalik uzoq bo'lishimiz muhim emas

Sening nuring meni yoritadi

Men hech o'ylamagan edim

Uyqusiz tunlar bo'lishini

Ko'rinib turibdiki, ular o'ylab topilmagan edi

Va bu meni kuchliroq qildi

Xo'sh, sevgi nima?

Agar javob bo'lsa, men buni bilishni xohlayman

Hozirning o'zida

Men singanman, lekin ichkarida yorug'lik borligini ko'raman

Tong qorong'u tunlardan keyin ham keladi

Hatto kelajagimizni ham yengib

Biz bundan so'ng to'xtamaymiz.

Baxtli inson bo'lish nimani anglatishini o'zing uchun hal qil.

Har kuni oldinga kichik qadam qo'y.

Lekin gohida kuchsizlikni ko'rsatish yaxshi

Bu yaxshi – o'z-o'zing bo'lishing.

O'zingni aldama boshqa

Hammasini musiqa birlashtiradi

Men ko'zimni yumganimda

Qorong'uda sening nuring porlaydi

Menga yo'l yoritib turib

Shunday qilib, kel, oldinga birga yuramiz, qo'rquvni bilmasdan, sen va men

Sen mening nurimsan, sen mening nurimsan

Doim porlaydigan nurimsan

Sen mening yuragimdasan

Sen mening nurimsan, sen mening nurimsan

Sening nuring meni yoritadi

Qanchalik bir-birimizdan uzoq bo'lmaylik

Sening nuring meni yoritadi.

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
BTS (Bangtan Boys)
  • country:Korea, South
  • Languages:English, Korean, Japanese, Russian, Chinese
  • Genre:Electropop, Hip-Hop/Rap, Pop, Pop-Rock, R&B/Soul
  • Official site:http://bts.ibighit.com/
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/BTS_(band)
BTS (Bangtan Boys)
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved