current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Kayıp [Uzbek translation]
Kayıp [Uzbek translation]
turnover time:2024-04-29 04:01:22
Kayıp [Uzbek translation]

Mahzun bir ranglarga boyandi bulutlar

Ikkimizga yig'lar bu nozli yomg'irlar

Umidim uzildi, kechadi zamonlar

Ayrilik xojamiz, quli biz oshiqlar.

Qo'llaring kaftimda so'ldi

Yarador bir hurkak qushday

So'ngan ishqdan chinqirib uchdi

"Yo'ling ochiq bo'lsin" demoq istardim

Bo'gízim tutilgan, so'zlarim ham yo'q.

Umrimda boshqa bir kimsani sevmam

Chunki bu badanda yuragim ham yo'q.

Oppoq jannatlardan tushadi malaklar

Seni qoriqlaydi: duolar, tilaklar

Menchi bu savdoning uzoq gúrbatida

Qovrilaman har kun sening hasratingda

Yorim, tugatilmagan bir hikoyamiz endi sen bilan

Ayri yo'llarga yuramiz

Hayot bu...

Tutib bol'mas shamol kabi uchting endi uzoqlarga

Men ko'ksimda so'lgan bir gul bilan yashayman yillar davomida

Hayot bu!

Ayri oqshomlarda yotib

Ayri tonglarda uyg'onamiz bundan keyin

Xatolarni sevgi deb hisoblab

Begona tanalar bilan ovunamiz

Va og'ir og'ir yaralanamiz

Shuni bilki doimo

Men eng go'zal xotiralarimda seni saqlayman

Talon taroj qilingan qalbim bo'g'ida

Sochlarimning har bir tolasida g'am bilan

Ko'zlarimga botgan quyoshlar bilan

Men faqat seni kutaman bu shaharda

Bir kun kelarsan deya

O'zingni ehtiyot qil ey sevgilim!

O'zingni ehtiyot qil eng sevikli!

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Tarkan
  • country:Turkey
  • Languages:Turkish, English, Turkish (Ottoman)
  • Genre:Dance, Folk, Pop, Pop-Folk
  • Official site:http://www.tarkan.com/
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Tarkan_(singer)
Tarkan
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved