current location : Lyricf.com
/
Songs
/
작은 것들을 위한 시 [Boy With Luv] [jageun geotdeureul wihan si] [Uzbek translation]
작은 것들을 위한 시 [Boy With Luv] [jageun geotdeureul wihan si] [Uzbek translation]
turnover time:2024-04-29 06:26:42
작은 것들을 위한 시 [Boy With Luv] [jageun geotdeureul wihan si] [Uzbek translation]

Qiziqarli men uchun

Qanday o'tdi kuning

Aytgin sen menga

Nimalar baxtga to'ldirar qalbing

Yozgin sen menga

Sening har bir surating

Yostig'im ostida saqlasam deyman

Ustozim bo'lib mening

O'zing haqingda o'rgatgin deyman

Sen 1. Sen 2.

So'zlarim tingla qizaloq men…

Parvoz etarman osmonlarda

O'sha sen bergan qanotlarda

Qanchalar baland bu joylar

Qaniydi tushsa ko'zlarga ko'zlar

Sen deb bo'ldim Oshiq yigit

Oh jonim sen menikisan

Bir umr kutgandim seni men

Umrbod bo'lgin yonimda sen

Oh jonim sen menikisan

Har on izlagan baxtim

Shu on topganim bildim

Kuchliroq hislarni men istadim

Bir onlik, lahzalik sevgidan ko'ra

Ustunroq hech narsa yo'q

Oshiq yigitning ishqidan

Seni ko'rgan onimdan

Hayotim iborat sendan

Sen hayotim yorqin yulduzi

Mo'jizaga aylantirgan uning har lahzasi

Birin-ketin hamma hammasi

Aylandi men uchun muhimga:

Qiziqishing, yurishlaring, seni gaplaring

Hatto oddiy odatlaring

Hamma aytar hech kim eding deb

Endi esa qahramon bo'lding deb

( o yo'q)

Men aytaman asli bu taqdir

Hech qachon meniki bo'lmagan

( o yo'q)

Tinchlik dunyoda

(bu ilojsiz)

Bir maromda

(bu ilojsiz)

Yoningda bo'lib seni asray olsam bas

Sevib qoldimman

So'zlarim tingla qizaloq men…

Parvoz etarman osmonlarda

O'sha sen bergan qanotlarda

Qanchalar baland bu joylar

Qaniydi tushsa ko'zlarga ko'zlar

Sen deb bo'ldim Oshiq yigit

Oh jonim sen menikisan

Shu sabab samolardaman men

Umrbod bo'lgin yonimda sen

Oh jonim sen menikisan

Ucharman osmonlarda baxtdan

Angladim shekil shu dam

Kuchliroq tuyg'u yo'qdir

Oshiq yigit sevgisidan

Ustunroq hech narsa yo'q

Oshiq yigitning ishqidan

Senga aytsam men aslida

O'zimni ba'zan mag'rur tutardim

Keng samolar katta saroylar

Shularning baridan qochish istardim

Lek sening darding bu mening dardim

Amin bo'lganda bunga

So'z berdim o'z-o'zimga

Sen bergan Ikar qanotlarida

Quyosh emas Jonim sen tomonga

Ruxsat et parvoz etishga

Oh jonim sen menikisan

Bir umr kutgandim seni men

Umrbod bo'lgin yonimda sen

Oh jonim sen menikisan

Har on izlagan baxtim

Shu on topganim bildim

Kuchliroq hislarni men istadim

Bir onlik, lahzalik sevgidan ko'ra

Ustunroq hech narsa yo'q

Oshiq yigitning ishqidan

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
BTS (Bangtan Boys)
  • country:Korea, South
  • Languages:English, Korean, Japanese, Russian, Chinese
  • Genre:Electropop, Hip-Hop/Rap, Pop, Pop-Rock, R&B/Soul
  • Official site:http://bts.ibighit.com/
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/BTS_(band)
BTS (Bangtan Boys)
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved